VIBRATSIYA

VIBRATSIYA (lot. vibratio — tebranish, titrash) , titrash — elastik jismlarning mexanik tebranishi, titrashi. Foydali va zararli xillari bor. Vibrator, vibratsiya mashinasi yordamida ataylab hosil qilinadigan foydali Vibratsiya texnologik operatsiyalarda (vibratsion tashishda, vibratsion kesishda, betonni zichlashda), mashina va qurilmalar (vibrobolgʻalar, qoziq qoqqichlar)da foydalaniladi. Zararli Vibratsiya transport harakatlanganda, mashina va asboblar ishlaganda paydo boʻladi; ular konstruksiyalarni buzishga olib keladi, inson sogʻligʻiga zararli taʼsir qiladi (q. Vibratsiya kasalligi). Zararli Vibratsiyani kamaytirish uchun vibroizolyatsiya usuli qoʻllaniladi, dinamik soʻndirgichlar va b. dan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x