VERESHCHAGIN Vasiliy Vasilyevich

VERESHCHAGIN Vasiliy Vasilyevich [1842. 14 (26). 10, Cherepoves, Novgorod gubernyasi — 1904. 31. 3 (13.4), Port-Artur] — rus rassomi. Peterburg BA (1860—63) va Parijdagi Jerom ustaxonasi (1864—65)da taʼlim olgan. Say-yor rassomlar (peredvijniklar)ga yaqin boʻlgan. Batal janriga mansub koʻp sonli asarlarida urush dahshatlarini mahorat bilan koʻrsatgan. Turkistonni bosib olishda (1867-68, 1869-70), rus-turk (1877-78) va rus-yapon (1904-05) urushlarida rus qoʻshinlari safida qatnashgan. Chor Rossiyasining Turkistondagi bosqinchilik siyosatini yoqlagan, bu esa turkiy xalqlarni kamsituvchi, qonli urush manzaralari tasvirlangan asarlarida oʻz ifodasini topgan: «Bangilar» (1868), «Turkis-ton» turkumi (1871— 74), «Toʻsatdan hujum» (1871), «Tantana» (1872), «Qul bolaning savdosi» (1872), «Temur darvozasi» (1872—73), «Zindon» (1873) va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x