VENGERLAR

VENGERLAR (oʻzlarini madyar deb atashadi) — xalq, Vengriyaning asosiy aholisi (9,95 mln. kishi). Ruminiya (1,86 mln. kishi), Slovakiya (580 ming kishi), Yugoslaviya (400 ming kishi), AQSH (600 ming kishi), Kanada (120 ming kishi) da ham yashaydilar. Umumiy soni 13,83 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Venger tilida soʻzlashadi. Dindorlari asosan katoliklar.

Milodning boshlarida hoz. Vengriya hududida kelt qabilalari, keyinchalik gotlar, gunnlar, avarlar, 6-a. dan boshlab slavyan qabilalari kelib joylasha boshlagan. 9-a. oxirida hoz. Vengriyani tashkil etgan mintaqalarni turkiy ugʻir (ugor) larga mansub major (madyar) yoki xungar (venger) koʻchmanchi chorvador qabilalari zabt etgan. Bu qabilalar dastlab Kama daryosining oʻrta va quyi oqimi boʻylarida yashab, soʻngra Qora dengiz sohillariga koʻchib borishgan, u yerdan ularni bijanaqlar (pecheneglar) siqib chiqarishgan. 10-a. da tashkil topgan ilk venger davlati (Vengriya qirolligi) doirasida madyarlar Dunaydagi slavyanlar va b. qabilalar bilan aralashib venger elati tashkil topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x