VELOSIPED SPORTI

VELOSIPED SPORTIvelosiped b-n trek, shosse, past-baland joyda poyga qilish, shuningdek figurali yurish, velobol va velopolo musobaqalari. Yevropada 1860-y . larda paydo boʻlgan. 1896-y. dan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan; 1893-y. dan trekda, 1921-y. dan shosseda, 1929-y. dan yopiq binolarda, 1950-y. dan kross boʻyicha jahon birinchiliklari oʻtkaziladi. Xalqaro velosipedchilar uyushmasiga (UCI; 1900-y. asos solingan) 152 mamlakat aʼzo.

1997-y. Oʻzbekistan Velosiped sporti federatsiyasi qayta tashkil qilindi. Shu yili Velosiped sportidan 6 xalqaro sport ustasi tayyorlandi. Oʻzbekistonda yetishib chiqqan M. Kolyusheye, Sh. Zaxriddinov, A. Jamoliddinov, F. Galiullina va b. jahon birinchiligi uchun oʻtkazilgan poygalarning gʻoliblaridir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x