ALPOMISH

«ALPOMISH» — oʻzbek xalq qahramonlik dostoni. Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. «Alpomish»ning qoraqalpoq, qozoq, oltoy versiyalari doston shaklida, tatar va boshqird versiyalari ertak va rivoyat shaklida bizgacha yetib kelgan. Oʻzbeklar «Alpomish», qoraqalpoqlar «Alpamis», qozoqlar «Alpamis batir», oltoyliklar «ApipManash», qozon tatarlari «Alpamsha», boshqirdlar «Alpamisha va Barsin hiluu» deb nomlaganlar. Oʻzbek dostonchiligi taʼsirida 20-a. boshlarida ertak va rivoyatlar shaklidagi tojik variantlari ham yuzaga kelgan. Oʻrta asr oʻgʻuz eposining muhim yodgorligi hisoblangan «Kitobi Dadam Qoʻrqut» tarkibidagi «Bamsi Bayrak» asari oʻzining syujeti va kompozitsiya qurilishi jihatidan «Alpomish» dostoniga yaqin turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x