ABDUSSALOM al-MUBORAKPURIY

ABDUSSALOM al-MUBORAKPURIY (toʻliq nomi — Abulhuda Muhammad Abdussalom ibn ash-Shayxxon Muhammad) (1872—1924) — hadisshunos, tarixchi. Hindistondagi Muborakpur qishlogʻida ziyoli, taqvodor oilada dunyoga kelgan. Qurʼoni Karim, hadisi sharif, tafsir, fiqh, tarix, hikmat va tabobat ilmlari boʻyicha zamonasining eng yirik allomalaridan taʼlim olgan. 22 yil davomida boshlangʻich va oliy madrasalarda, soʻng umrining oxirigacha «Dor ul-hadis ar-rahmoniyya» unversitetida mudarris. Uzoq yillar olib borgan tadqiqotlariga tayanib, islom ilmi va tarixga doir bir qancha asarlar yaratgan. Ulardan «Siyrat al-Imom al-Buxoriy» islom olamida mashhur boʻlib, qadis ilmi va muhaddislar xususidagi asarlarning eng batafsili va mukammali hisoblanadi. Bu asar 1955—86 y. larda Banorasda ikki marta nashr etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x