VEBLEN

VEBLEN (Veblen) Torsteyn (1857.30.7, AKSH Viskonsin shtati — 1929.3.8, Kaliforniya shtati, MenloParka) — amerika iqtisodchisi va sotsiologi. Chikago, Stanford, Missuri untlarida iqtisodiyot prof. Gʻarb siyosiy iqtisodida institutsionalizmning asoschilaridan biri. U ijtimoiy darvinizm tarafdori. Veblenning fikricha, moddiy i. ch. ijtimoiy hayotning asosi sanaladi, jamiyatni rivojlantirishda texnik intelligensiya muhim oʻrin tutadi. Veblen gʻoyalari texnokratik nazariyalarda keng foydalanilgan. Har qanday jamiyatni sanoat mashinasi tarzida, iqtisodiy in-tlarni uning tarkibiy qismlari tarzida qaraydi. Veblen tarix asosiy ikki sinfmuomala sohasida ish koʻradigan biznesmenlar va moddiy i. ch. ni tashkil etuvchi sanoatchilar oʻrtasidagi kurashdan iborat deb qaraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x