VAZOPRESSIN

VAZOPRESSIN (lot. vas — tomir va presso — bosaman) , antidiuretik gormon — gipotalamusda hosil boʻladigan neyrogormon. Kimyoviy tabiatiga koʻra polipeptid. Tomirlarning silliq muskullariga taʼsir etlb, ularni toraytiradi va qon bosimini oshiradi, buyraklarning kanalchalarida suvning qayta soʻrilishini kuchaytirib shu tariqa siydik ajralishini kamaytiradi (antidiuretik taʼsir). Vazopressin gipotalamus oldingi yadrolarining neyrosekretor hujayralarida hosil boʻlib, nerv tolalari orqali gipofizga oʻtadi, undan qonga ajraladi. Vazopressin antidiuretik taʼsir koʻrsatganligi uchun umurtqali hayvonlar bilan odam organizmida suvtuz almashinuvini deyarli bir meʼyorda saklab turadi. Bu gormon yetishmaganda qandsiz diabet paydo boʻlishi mumkin. Tarkibida Vazopressin bor preparatlar gipofizning orqa boʻlagidan olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x