AERONOMIYA

AERONOMIYA (aero… va yun. nomos — qonun) — atm. ning yuqori qatlamlarini oʻrganuvchi fan. A. dagi i. t. usullari: raketalar va sunʼiy yoʻldoshlar yordamida atm. ni zondlash, radiotoʻlqinlarning tarqalishini kuzatish, spektral analiz (tahlil). Yuqori atm. dengiz sathidan bir necha oʻn km dan boshlanib, Yerning bir necha radiusichalik balandlikkacha davom etadi. Pastki atm. bilan yuqori atm. orasida aniq chegara yoʻq. Yuqori atm. da Quyosh nurlari taʼsirida dissotsiatsiya va ionizatsiya jarayonlari sodir boʻladi. 400—500 km balandlikdan boshlab atm. kislorod va azot atomlaridan iborat. Yuqori atm. ning 50—70 km balandlikdagi qismi isigan sohalardan tovushning qaytishini tekshirish yoʻli b-n, 80 km balandlikkacha qisii kumushsimon bulutlar harakatini kuzatish yoʻli b-n, 1000 km gacha qismi qutb shafaklarini oʻrganish yoʻli b-n, bir necha ming km balandlikdagi qismi chaqmoklarning radiotoʻlqinlar tarqalishiga taʼsirini aniqlash yoʻli b-n oʻrganiladi. Aeronomik masalalarni hal etishda spektral tahlil (analiz) muhim vosita hisoblanadi. Yerning sunʼiy yoʻldoshlari va raketalar yordamida olingan maʼlumotlar yuqori atmosferada kuchli ionlashgan qatlamlar yoʻqpigini koʻrsatdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x