VARVARIZMLAR

VARVARIZMLAR (yun. barbaros — aynan ajnabiy) — maʼlum bir tilga chet tillardan kirib kelgan, tilda toʻla oʻzlashmay, yotligi bilinib turadigan soʻz va iboralar. Varvarizmlar asosan soʻzlashuv uslubiga xos, tilning adabiy meʼyorini buzadi va uning asosiy lugʻat tarkibiga kirmaydi. Varvarizmlardan baʼzan badiiy adabiyotda mahalliy muhitni berish, obrazlarni xoslashtirishda foydalaniladi. Mas., V. iyemni («Xanka», «Tanka»), pulni («koʻkidan» bormi — dollar bormi), lavozim va shaxsni («mer», «shef», «bos», «baron») va h. k. ni anglatadi, shuningdek mazax kilishda foydalaniladi. Oʻzbek tili dav-lat tili maqomini olgach, turli tillar-dan, ayniqsa rus tilidan kirgan Varvarizmlardan («madam», «bratan», «zemlyak», «paxan», «dedulya» va b.) oʻzbek soʻzlashuv tili faol tozalana boshladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x