VARIKOND

VARIKOND (ing. vari (able) – oʻzgaruvchan va cond (enser) — kondensator) — tashqi elektr maydoni taʼsirida sigʻimi oʻzgaradigan kondensator. Varikond segneto-elektriklarning dielektrik singdiruvchanligi tashqi elektr maydoniga bogʻliqligiga asoslangan. Varikond tayyorlanadigan material (mas., bariy titanat)ga turli aralashmalar qoʻshib, uning xususiyatini oʻzgartirish mumkin. Varikond dielektrik kuchaytirgichlarda vakuum lampalar oʻrnida ishlatiladi. Uzoq, muddat ishlaydi, yengil, zarbalarga chidamli. Varikondning quvvatni kuchaytirish koeffitsiyenti katta. Varikond elektr signallarni oʻzgartiradi va kuchaytiradi, tok va kuchlanishni bir meʼyorda ushlab turadi, quvvatni oshiradi va b. Avtomatika, elektronika, hisoblash texnikasi, radioelektronika qurilmalarida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x