VARAQISIMONLIK

VARAQISIMONLIK — togʻ jinslarining parallel yupqa qatlamlar hosil qilib joylashishi. Zarb bilan urganda qatlamlar parallel tekisliklar boʻyicha ajralib ketadi. Varaqisimonlik mexanik togʻ jinslari anizotropiyasi boʻlib dinamometamorfizm jarayonida togʻ jinslaridagi plastinkasimon va choʻziq minerallar (slyudalar, rogovaya obmanka, xloritlar) ni qayta kristallanishi va aylanishi natijasida bir xil oriyentirda joylashadi. Varaqisimonlik regional (katta maydonlarda) va mahalliy (tektonik yoriqlar boʻylab siljishlar natijasida) boʻladi. Varaqisimonlik koʻpincha burmalanish paytida vujudga keladi. Odatda Varaqisimonlik burma oʻqdari tekisligiga subparallel yoʻnalgan. Shuningdek, Varaqisimonlik klivajla hosil boʻlishi mumkin, bunda siqilish oʻk,iga perpendikulyar boʻlgan tekislikda kristallar yassilanib, jins yassi parallel yoʻnalgan ichki tuzilishga ega boʻladi. Slaneslar uchun xarakterli. Baʼzi bir geologlar Varaqisimonlikni klivajning sinonimi deb hisoblaydilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x