BIRJA KURSI

BIRJA KURSI — fond birjasida muomalada boʻlgan qimmatbaho qogʻoz (aksiya, obligatsiya)ning sotilish narxi. Birja kursiga qimmatbaho qogʻozga toʻlanadigan dividend va ssuda foizi taʼsir koʻrsatadi. Dividend mikdori yuqori boʻlsa, Birja kursi qimmat, ssuda foizi yuqori boʻlsa, arzon boʻladi. Aksiyalarning nominal qiymati Birja kursiga taʼsir koʻrsatmaydi, obligatsiyalarning Birja kursi esa nominal narxiga bevosita bogʻliq boʻladi, chunki qaytarib sotib olish muddati qanchalik yaqin boʻlsa, ularning Birja kursi shu qadar yuqoriroq yuradi (yana q. Qimmatbaho qogʻozlar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x