VANJ TIZMASI

VANJ TIZMASI — Pomirdagi togʻ tizmasi. Uz. 80 km, eni 15 km. Vanj tizmasi Vanj va Yazgʻulom daryolari havzalari orasidagi suvayirgʻich. Sharqiy qismi baland (4500—5600 m), gʻarbiy qismi kambar. Vodiylari juda chuqur va tor. V. t., asosan, quyi paleozoyda hosil boʻlgan granit, gneys, kvarsit, marmar, shu-ningdek qumtosh, konglomerat kabi jinslardan tarkib topgan. Vanj tizmasida oʻsimlik siyrak; archa, naʼmatak, doʻlana oʻsadi, baʼzi yerlarida yaylovlar uchray-di. 4000 m dan yuqrridagi togʻ tepalari doimiy qor va muzlik bilan qoplangan. Muzliklarning umumiy mayd. 221,1 km2.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x