VANDALLAR — qad. german xalqlarining sharqiy tarmogʻiga mansub kabila; dastlab Yutlandiya ya. o. da, mil. av. 1-a. dan esa — Oder va Visla daryolari, shuningdek Sudet va Karpat toglari oraligʻidagi hududlarda yashashgan. Vandallar ikki qavmga (silinglar va xasdinglar) boʻlingan. Mil. 2-a. da Markoman urushida qatnashib, hoz. Vengriya hududiga qadar siljiganlar. 4-a. da Pannoniyada oʻrnashib olgan V. Rimga yollanma askarlar yetkazib berishgan, ular orasidan iqtidorli sarkardalar ham (mas., Stilixon) yetishib chiqqan. Vandallar alanlar va svevlar bilan birgalikda Gʻarbga yurish qilib (406), Reyn daryosidan kechib oʻtishgan va butun Galliyani bosib oʻtib Ispaniyaga qadar borishgan (409). Bu toʻgʻrida hoz. Andalusiya (Vandalusiya) provinsiyasiping nomi hanuzgacha eslatib turadi. Silinglar Ispaniyada vestgotlar tomonidan deyarli tor-mor etilganlar, xasdinglar esa Geizerix rahbarligi ostida 429—439-y. larda Rim imperiyasiga qarashli Shim. Afrikani bosib olganlar va hoz. Tunis hududida oʻrnashganlar. Vandallar qirolligi Rim imperiyasiga tobe yerlarda barpo etilgan birinchi german qirolligi edi. Vandallar floti Oʻrta dengizda hukmron boʻlib olgan. Vandallar 455-y. Rimni talon-taroj qilishgan, Balsar o. lari, Sardiniya va Korsikani egallashgan. Vizantiya sarkardasi Velizariy 533— 534-y. larda Vandallar qirolligini zabt etgan. Vandallar tarixda oʻzlarining talonchilik, bosqinchiliklari bilan mashhur boʻlishgan. Shu tufayli madaniy qadriyatlarni bekordan bekorga yoʻq qilinishini anglatuvchi vandalizm tushunchasi paydo boʻlgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии