VALAMATZODA Gʻaffor Rustamovich

VALAMATZODA Gʻaffor Rustamovich [1916.26.4(9.5), Xoʻjand – 1993.12.12, Dushanba] — tojik balet artisti, baletmeyster, rej. Tojikiston xalq artisti (1945), 1951-63 y. lar S. Ayniy nomidagi opera va balet teatrining bosh baletmeysteri, 1961—63 y. lar Tojik filarmoniyasining direktori va badiiy rahbari, 1965-y. dan «Lola» ansamblining rahbari. Birinchi tojik baleti («Du gul»)ga, shuningdek «Layli va Majnun», «Boqchasaroy favvorasi», «Moviy gilam» baletlari va «Vosening qoʻzgʻoloni», «Maysaraning ishi» kabi operalarning raqs sahnalarini yaratgan. V. Oʻzbekistonning «Bahor», «Shodlik» va b. ansambllarida bir qancha raqs («Lola» raqs-syuitasi, «Moʻgʻulcha», «Pomircha», «Afgʻoncha» va b.)larni sahnaga qoʻygan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x