BRESHA

BRESHA, Breshia — Shim. Italiya dagi shahar. Alp togʻlari etagida, Lombardiyada, Bresha provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 197 ming kishi (1990). T. y. tuguni. Metallsozlik, mashinasozlik (avtomobil yigʻish, q. x. va toʻqimachilik mashinasozligi), kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat va harbiy sanoat rivojlangan. Musiqa asboblari (organ) ishlab chiqariladi. Adabiyot va sanʼat akademiyasi, unt, badiiy galereyalar bor. Meʼmoriy yodgorliklardan qad. rim qurilishlari, ratusha (11—13-a. lar), Duomo Vekkyu sobori (11—15-a. lar) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x