AMRITSAR

AMRITSAR — Hindistonning shim. dagi Panjob shtatining eng katta shahri va t. y. tuguni. Aholisi 709 ming kishi (1991). Eng muhim savdo va sanoat (asosan toʻqimachilik va oziq-ovqat) markazi. Jun, ip va ipak gazlamalar i. ch., gilam toʻqishda mashhur. Mashinasozlik, kimyo sanoati korxonalari bor. Metall, suyak, koʻndan har xil buyumlar yasaladi. Amritsar 1577-y. da muqaddas «Obihayot koʻli» (sanskrit tilida «Amrita-Saras») atrofida sekhlarning toʻrtinchi gurusi Ram Das tomonidan barpo etilib, sekhlarning muqaddas shahri, tarixiy, diniy va madaniy markazita aylangan. Amritsarda 16—17-a. larda qurilgan «Oltin ibodatxona» — sekhlarning muqaddas obidasi bor (1761-y. da vayron boʻlgan, soʻng qayta tiklangan). Shahar 19-a. da Ranjit Singh davlati tarkibida boʻlgan. 1849-y. da inglizlar bosib olgan. Hindiston mustaqillikka erishgunga qadar mustamlaka tarkibida boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x