“Vafo juda qimmat narsa. Uni arzon kimsalardan kutmang”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

Nega Ayyub alayhissalom sabr qildilar?

Nega Maryam onamiz odamlarning oldiga goʻdaklarini koʻtarib chiqdilar?

Nima uchun Ibrohim alayhissalom olovdan qoʻrqmadilar?

Nima uchun sevikli Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam gʻorda mahzun boʻlmadilar?

Chunki ularning barchalari Alloh taolo haqida yaxshi gumonda boʻlgan edilar.

“Fikr durdonalari”

*****

Vafo juda qimmat narsa. Uni arzon kimsalardan kutmang.

“Fikr durdonalari”

*****

Biz ularni taniganimizdan beri bitta yuz bilan yurganlarga tashakkur aytamiz!

“Fikr durdonalari”

*****

Hayot qanchalik qiyin, eshiklar har qancha qulf boʻlmasin, esingda tut, Muso alayhissalomga dengizni ikkiga ajratib, yoʻl ochib bergan Zot sen uchun ham barcha berk eshiklarni ochishga qodirdir. Sen qoʻllaringni koʻtarib: “Ey Robbim!” degin!

“Fikr durdonalari”

*****

Yuzimizdagi ajinlar doʻstlarning firoqi, yaxshi koʻrgan insonimiz koʻnglimizni qoldirishi, mahzunli xabar sababli paydo boʻladi.

“Fikr durdonalari”

*****

Agar senga asabing buzilishiga sabab boʻladigan maktub kelsa, unga javob berishga shoshilma. Javob berishni ertangi kunga qoldir. Ertasi kuni asablaring joyiga kelgach, shoshmasdan, hikmat bilan javob berishing yoki mazkur maktub javob yozishga arzimaydigan boʻlishi ham mumkin.

“Fikr durdonalari”

*****

Agar bir maʼsiyatga tushib qolsang, uni hech bir odamga aytma. Chunki odamlar yoyib, sharmanda qiladilar. Alloh taolo berkitib, afv qiladi.

“Fikr durdonalari”

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/vafo-juda-qimmat-narsa-uni-arzon-kimsalardan-kutmang/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x