UZUNSHOʻR NEFT-GAZKONDENSAT KONI

UZUNSHOʻR NEFT-GAZKONDENSAT KONIBuxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi kon, Buxoro sh. dan 95 km jan. da, 1969-y. da ochilgan. Konning gʻarbiy qismi Turkmanistonning Lebap viloyati Forob tumani hududida. Kondan 80 km shim. sharqda Buxoro—Ural magistral, gaz quvuri oʻttan. Kon relyefi barxan qumlari va shoʻrxok tekislikdan iborat, 150 — 190 m balandlikda joylashgan. Uzunshoʻr strukturasi Chorjoʻy tektonik pogʻonasining markaziy qismidagi Dengizkoʻl zanjirsimon koʻtarilmasi shim. gʻarbiy qismida joylashgan. Struktura shim. sharq yoʻnalishida choʻzilgan, 2tamustaqilkubbagaega. Shim. sharqiy qubba yirikroq, simmetrik tuzilgan. 2qubbada neft uyumi mavjud. Uzunshoʻr neft-gazkondensat konida jami 8 quduq qazilgan boʻlib, paleozoy, yura, boʻr, paleogen, neogentoʻrtlamchi davr jinslari ochilgan. Yura davri yotqiziqlari neftgazga mahsuldor boʻlib, ular terrigen, karbonat va tuzangidrit qatlamlaridan tarkib topgan. Bu yotqiziqlarda mahsuldor gorizontlar mavjud. Gazkondensat uyumi burmaning asosiy garbiy qubbasi bilan bogʻliq. Baʼzi gorizontlarda gazlar quruq, azotuglevodorod sinfiga mansub. Kondensant kam oltingugurtli. 15—16gorizontda ham neft, ham gaz uchraydi. 15gorizont qatlam suvlari sedimentatsion, metamorflashgan, xloridkalsiy tarkibli namakoblardan iborat. Kon 2003-y. boshida sanoat miqyosida foydalanishga tayyorlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x