UYCHI TUMANI

UYCHI TUMANINamangan viloyatidagi tuman. 1935-y. 28-iyulda tashkil etilgan (1962-y. da Yangiqoʻrgʻon tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1967-y. da qayta tuzilgan). Viloyatning sharqiy qismida joylashgan. Jan. dan Norin, shim. dan Chortoq tumanlari, shim. sharqda Qirgʻiziston Respublikasi, sharqsa Uchqoʻrgʻon, gʻarb va jan. gʻarbda Namangan tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 312 km2. Aholisi 172 ming kishi (2004). Tuman da 2 shaharcha (Uychi va Oʻnhayot), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Doʻstlik, Yorkatay, Yorqoʻrgʻon, Jiydakapa, Mashad, Uychi, Qizilravot, Gʻayrat) bor. Markazi — Uychi shaharchasi.

Tabiati. Relyefi, asosan, tekislik. Shim. sharqiy qismi adirlardan iborat. Iklimi kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 2,3°, eng past tra — 26°. Iyul oyining oʻrtacha t-rasi 26,3°, eng yuqori tra 42°. Yillik yogʻin 188 mm, vegetatsiya davri 280—290 kun. Tuman hududidan Norin daryosi, Shim. Fargʻona va Katta Namangan kanallari oqib oʻtadi. Tuproklari, asosan, och tusli boʻz va allyuvial tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, ajriq, pechak, shoʻra, adirlarda shuvoq oʻsadi. Qushlardan qaldirgʻoch, bulbul, bedana, gʻurrak, qargʻa, sassiqpopishak; sudraluvchilardan kaltakesak, toshbaqa, ilon, kemiruvchilardan yumronqoziq, kalamush, sichqon va b. bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; qisman, tojik, rus, tatar, qirgʻiz va b. millat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 555 kishi.

Xoʻjaligining asosiy tarmogʻi qishloq xoʻjaligidir. Paxtachilik, gʻallachilik yetakchi oʻrinda. Sanoat korxonalaridan «Ipakchi», «Yigiruvtoʻquv», «Notoʻqima mato» korxonalari, paxta tozalash z-di, «AlJahon» Oʻzbekiston— Xitoy choy qadoqlash qoʻshma korxonasi mavjud. 900 dan ziyod kichik korxona bor. Tumanda irrigatsiya oʻrmon xoʻjaligi, davlat oʻrmon xoʻjaligi, Bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik i. t. instituta filiali, koʻchat yetishtirish xoʻjaligi mavjud. Tuman hududidagi 256 km yoʻldan 78 km viloyat va respublika ahamiyatiga ega boʻlgan transport yoʻllaridir. Toshkent—Andijon t. y. ham tuman hududidan oʻtgan.

Tumanda 13 shirkat, 203 fermer, 1 tajriba xoʻjaligi, burdoqichilik bazasi, parrandachilik f-kasi fermasi, viloyat naslchilik korxonasi faoliyat koʻrsatadi.

Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 20,7 ming ga, ekinzorlar 14,9 ming ga, shu jumladan, 8,1 ming ga yerga paxta, 5,5 ming ga yerga gʻalla, shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz hamda turli xil ekinlar ekiladi. Tuman jamoa va xususiy xoʻjaliklarvda qoramol, koʻy, parranda boqiladi.

46 umumiy taʼlim maktabi, 1 maxsus maktabinternatda 42,4 ming oʻquvchi, 4 kasb xunar kollejida 2,6 ming talaba taʼlim oladi. 34 jamoat kutubxonasi, 46 maktab kutubxonasi, 4 kasbxunar kollejlari kutubxonasi boʻlib, ularda 545,5 ming kitob bor. Madaniyat saroyi, 14 qishloq madaniyat uyi, Xalq muzeyi, 6 Xotira va kadrlash uyi, 1 madaniyat va istiroxdt bogʻi mavjud. Tumanda sportning 14 turi boʻyicha mashgʻulotlar olib boriladi. Sport majmuasi, «Sogʻlom avlod» sport markazi, bir qancha stadion, sport maydonchalari bor.

Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, 4 qishloq uchastka kasalxonasi, 13 qishloq vrachlik punkta, bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, sil kasalligiga qarshi dispanseri, 4 vrachlik ambulatoriyasi ishlab turibdi. Statsionarda oʻrinlar soni 910. Ularda 262 vrach, 1436 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Har 10 ming aholiga 15,4 vrach toʻgʻri keladi. Tuman hududida qad. Devonabobo ziyoratgohi joylashgan. 1935-y. 20-martdan «Uychinoma» tuman gaz. chiqadi.

Murodilla Haidarov, Hamidullo Mirzaahmedov. Uychi tumani maxsus internat maktabi binosi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x