DO`STLARGA ULASHING:
Bugungi kunda yurtimizda uzumning oq kishmish, kishmish botir, pushti kishmish, xushro‘y kishmish, qora kishmish, may qorasi, O‘zbekiston muskati, Rizamat ota, soyaki, sultoniy, Kitob surxoki, pushti toyifi, tarnov, qizil xurmoli, oq husayni va boshqa ko‘plab navlari ekiladi.
Abu Rayhon Beruniyning ta’kidlashicha, uzum poyasini kesganda oqib tushadigan suv ko‘p shifobaxsh xususiyatlarga ega. Ayniqsa, uzumning ma’lum muddat olib qo‘yilgani tanani yaxshi oziqlantirib, quvvatlantiradi. Uzum mevasi sharbatidan ko‘ra foydaliroq. Uzum toshlarni maydalab, so‘gal, qontalash, temiratkini davolaydi.
Xalq tabobatida uzum sharbati, uning nordon navlari ishtaha ochuvchi va ovqat hazm qilishni yaxshilovchi vosita sifatida qo‘llanadi. Ma’lumki, uzumning qora navi kamqonlikni davolashda va kamquvvat bemorlarga mador berishda eng yaxshi vosita. Shuningdek, qora mayiz turli zararli o‘smalarni davolab, tana quvvatini oshiradi. Xom uzumdan tayyorlangan sirka ishtahani ochish bilan birga stomatit va anginani ham davolaydi. Bolalar isitmalaganda uzum qaynatilgan suv bilan badani artilsa tezda isitma tushadi.
Shifokorlar uzum yeb, ustidan sovuq suv ichish ichketar va isitmaga mubtalo qilishi mumkinligini aytishadi. Shuningdek, uzum o‘ta semiz kishilarga, o‘tkir yurak yetishmovchiligi, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi bor va qandli diabetga chalinganlarga tavsiya etilmaydi.
Manbalar asosida SOJIDA tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/uzum/