Zira – yo‘talga qarshi ajoyib vosita

DO`STLARGA ULASHING:

Adirlarda, tog‘ yon bag‘irlarida uchraydigan zira o‘simligining urug‘i deyarli barcha xonadonda bor. Undan asosan turli taomlar tayyorlashda hid va ta’m beruvchi ziravor sifatida foydalanamiz. Shuningdek, xalq tabobatida ham u ko‘plab kasalliklarga qarshi tinchlantiruvchi vosita sifatida buyuriladi. Zira tanni tetiklashtirib, kayfiyatni ko‘tarish xususiyatiga ega. Tibbiyotda oshqozon osti bezi va me’da kasalliklarini davolashda hamda peshob haydovchi dori sifatida qo‘llaniladi.

Ibn Sino fikricha, zirada qizdiruvchi kuch bo‘lib, yellarni haydaydi va tarqatadi. Nafas olish qiyinlashganda suv bilan aralashtirib ichilsa yordam beradi.

Shuningdek, oshqozon gastriti, sariq kasalligida, ishtahasizlikda, surunkali uyqusizlikda, quvvatni oshirishda, organizmni turli xil shlaklardan tozalashda ziraning foydasi katta. Tuyilgan zira zaytun yog‘i bilan aralashtirib belga bog‘lansa, taloqda paydo bo‘lgan shishni qaytaradi.

Zamonaviy tibbiyotda zirani muntazam iste’mol qilish orqali qorin dam bo‘lishini, oshqozon-ichak yo‘llaridagi yengil xastaliklarni, yurak kasalliklari va emizikli bolalarda ovqat hazm qilish jarayoni  buzilishining oldini olish mumkin.

Har kuni ziradan tayyorlangan choy ichib yurgan yosh onalarda ko‘krak suti kamayib ketishi kuzatilmaydi.

Zira – yo‘talga qarshi eng yaxshi vosita hamdir. Bunda idishga 1 osh qoshiqda yanchilgan zira solinadi va ustidan 1 stakan qaynab turgan suvni quyib, usti yopiladi. So‘ng tindiriladi. Dokadan o‘tkazilgan damlama bir sutkada 6 martagacha 2-3 osh qoshig‘idan ichiladi. Yosh bolalarga asal yoki shakar qo‘shib, sutka davomida 1 choy qoshiqdan 3-4 mahal ichiriladi.

Tarkibida efir moyi bo‘lgani uchun uni iste’mol qilishda ehtiyotkor bo‘lish lozim.

 

Manbalar asosida SOJIDA tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/zira-yotalga-qarshi-ajoyib-vosita/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x