UZOQOV Mullajon Karimovich

UZOQOV Mullajon Karimovich (1907, Qoʻqon — 1960.30.12, Toshkent) — harbiy arbob, gvardiyachi generalmayor (1957). 1929-y. dan armiya safida. Toshkent harbiysiyosiy bilim yurtini tugatgan (1933). Moskva harbiysiyosiy akademiya tinglovchisi (1934 — 38). U. Shim. Kavkaz harbiy okrugi 10otliq diviziyasining siyosiy boʻlimida katta yoʻriqchi (1938— 39), Kalinin sh. dagi harbiysiyosiy bilim yurti boshligʻining oʻrinbosari (1939 — 40), Urta Osiyo harbiy okrugi 566gaubitsali artilleriya polkining (1940—41), 38alohida kursantlar brigadasi 103 va 99otliq diviziyalarining harbiy komissari (1941 — 42). 2-jahon urushida Jan. Gʻarbiy, Stalingrad, Dasht, Markaziy va 1Belorussiya frontlari safida diviziya komandirining siyosiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va siyosiy boʻlim boshligʻi. Urushdan soʻng 23otliq diviziya siyosiy boʻlimining boshligʻi (194546), UzSSR Harbiy komissari (1946 — 59). Toshkent sh. dagi koʻchalardan biri Uzoqov nomi b-n atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x