UZATMALAR QUTISI

UZATMALAR QUTISI — oʻziyurar mashinalar (mas, traktorlar) transmissiyasida birlamchi va ikkilamchi vallar uzatish nisbatinm oʻzgartirish uchun moʻljallangan koʻp zvenoli mexanizm. Bu oʻzgartirish alohida yoki boshqa mexanizmlar bilan umumiy korpusda joylashgan tishli uzatmalarni almashlab ulash natijasida amalga oshiriladi. Yetakchi valning aylanish chastotasi oʻzgarmagani holda yetaklanuvchi valning aylanish chastotasini oʻzgartiradigan Uzatmalar qutisiga tezliklar qutisi (mas, metall kesish stanoklarining asosiy yuritmalarida), metall kesish stanoklarida surishlarni oʻzgartiruvchi Uzatmalar qutisi surishlar qutisi deyiladi. Uzatmalar qutisi inki yoʻnuv dvigatelli avtomobillar va b. transport vositalarining yetakchi gʻildiraklarini harakatlantirishda keng ishlatiladi. Uzatmalar qutisining konstruksiyasi uning vazifasiga, uzatishlarni almashlab ulash usuliga va mashina yoki stanokning texnik tafeilotiga; uzatilayotgan quvvatga, tezkorlikka, uzatish soniga (48 gacha), rostlanish diapazoniga bogʻliq. Tezlashtiruvchi uzatmalar uchun uzatish nisbati, odatda, kamida 1/2 ga teng boʻladi, sekinlashtiruvchi uzatmalar uchun esa 4 dan oshmaydi, 2 val orasidagi uzatmalar soni 6—8 ga teng boʻladi. Uzatishlarni almashlab ulash usuliga qarab sirpanuvchi tishli blokli (kulachokli va tishli muftali); sinxronizatori boʻlgan tishli muftali, friksion muftali va tormozli, erkin yurish muftali Uzatmalar qutisi farklanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x