UDAYPUR

UDAYPUR — Hindistonning shim. gʻarbiy qismidagi shahar, Aravali tizmasi yon bagʻrida, Rojasthon shtatida. Aholisi 310 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Kimyo, shakarqand, sement, rangli metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Kustar usulda matolar, toʻr toʻqiladi. Udaypur yaqinida fosforit va mamlakatda yagona qoʻrgʻoshinrux rudalari konlari bor. Shahar tabiiy va sunʼiy koʻllar bilan oʻralgan. 16—18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saklangan. Turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x