USMONOV Mutallib Ahmedovich

USMONOV Mutallib Ahmedovich (1924.10.12, Andijon viloyati, Izboskan tumani — 1994.18.12, Toshkent) — islomshunosfaylasuf olim. Falsafa fanlari d-ri (1979), prof. (1993). Urta Osiyo un-tining sharkshunoslik ftini (1952), Moskvadagi Ijtimoiy fanlar akademiyasini (1961) tugatgan. Andijondagi tuman va viloyat gaz. lari muharriri, viloyat madaniyat ishlari boshkarmasi boshligʻi (195257). 1961—65y. larda partiya organlarida ishlagan. Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq in-tida boʻlim mudiri (196581; 198490), sobiq SSSRning Afgʻonistondagi elchixonasida maslahatchi (1981—84), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida yetakchi konsultant (1991 — 1994). Ayni vaktda Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida Qurʼoni karimni tarjima qilish guruhining va shu intdagi islomshunoslik boʻlimining boshligʻi (1990— 1994). Usmonovning ilmiy faoliyati islom dini, uning aqidalari, marosimlariga, Qurʼon sharhlariga bagʻishlangan. Usmonov ateizm hukmronlik qilgan sovetlar tuzumi davrida Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib Qurʼoni karim tarjimasi va ilmiy sharhiga qoʻl urgan, bu borada koʻplab ilmiy ommabop kitoblar nashr etgan. Usmonovning masʼul muharrirligida «Islom» maʼlumotnomasi (1986; 1nashri), «K,urʼoni karimning oʻzbek tilidagi ilmiy izoxli tarjimasi»ning akademik nashri chop etilgan (2004).

As: Diniy aqidalar va ularning mohiyati, T., 1972; Islom aqidalari va marosimlari, T., 1975; Qurʼoni karim va janobi Rasulullohning amallari, T., 1992.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x