URUSH

URUSH — ijtimoiy guruhlar, millat (xalq)lar, davlatlar oʻrtasidagi nizolarning kuch, odatda, qurolli kuchlar yordamida qal qilinishi. Urushda asosiy va hal qiluvchi vosita sifatida qurolli kuchlardan, shuningdek, kurashishning iqtisodiy, siyosiy, gʻoyaviy va b. vositalaridan foydalaniladi. Urushlar davlatlar olib boradigan ichki va tashqi siyosat natijasidir. Urush kelib chiqishining omillari turlicha boʻlib, bu omillar Urushning xususiyati va sodir boʻlgan davriga bogʻliq. Har qanday krili toʻqnashuvni Urush deb boʻlmaydi. U. Ol dindan tayyorgarlik koʻrilgan, muayyan maqsad yoʻlida olib boriladigan harbiy harakatlardir. Urush holati davlatlar oʻrtasida qurolli toʻqnashuvsiz ham mavjud boʻlishi mumkin. Mac, ikki davlat oʻrtasida Urush harakatlari toʻxtatilgandan keyin ular oʻzaro sulh tuzishmasa, Urush holati davom etaveradi. Biroq, endi ular oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar yuz berishi shart emas. Urushlarni quyidagicha tasniflash mumkin: jahon Urush lari; mahalliy Urush, fuqarolar urushi; milliy ozodlik Urushlari Jahon Urushlari dunyoda yetakchilik daʼvosini qiladigan davlatlarni qamrab oladigan katta harbiy kuchlarning qurolli toʻqnashuvidir. Mahalliy Urushlar, asosan, ikki yoki bir necha mamlakatlar oʻrtasida olib boriladigan Urush lardir. Bunday urushlarning kelib chiqishi ham tomonlarning olib boradigan siyosati va uning natijalariga bogʻliq. Milliy ozodlik Urushlari mamlakatni mustamlakachilik zulmidan ozod boʻlishi uchun olib borilgan. Tarixda Urushlar dunyo siyosiy xaritasining qayta shakllanishiga, chegaralarni qaytadan belgilanishiga sababchi boʻlgan. Urushlar tufayli koʻp davlatlar oʻzin i saqlab qolmay, imperiyalarga qoʻshilib ketgan. Urushlar ayrim davlatlarning parchalanishi, boʻlinishiga olib kelib, ularni parokanda ahvolga solib qoʻygan.

Urush larning sanoatlashuvi (yaʼni qurollanish sohasida, shuningdek, qurolli kuchlarni h«arbiy mashina» sifatida tashkil qilishda sanoat i. ch. i usullarini qoʻllash) mahalliy Urush larning umumjahon Urush iga aylanishiga sabab boʻldi. 20-a. boshlanishidan avval eng yirik Urush larda ham aholining kichik qismi, odatda, jangda bevosita qatnashayotgan askarlar va jang sodir boʻlayotgan yer aholisi ishtirok etar edi. Birinchi jahon urushi koʻp jihatdan harbiy kuchlarning rivojlanishini belgilab berdi. Bu U. ham miqyosi, ham ishtirok etgan davlatlar soni jihatdan nomiga yarasha edi. Undagi kurbonlar soni avval sodir boʻlgan Urush lardagidan koʻp baravar ortib ketdi. Bu U. dan soʻng insoniyatga qirgʻin keltiruvchi qurollar yaratilishiga zoʻr berila boshlandi. Ikkinchi jahon urushida va undan keyingi harbiy harakatlarda nafaqat harbiy, balki tinch aholi orasidagi qurbonlar soni akl bovar qilmas darajada katta boʻldi. Umuman, tadqiqotchilar keyingi 3 asrda ming va undan ortiq odam halok boʻlgan. Urushlarni hisoblab chiqib, quyidagi raqamlarni qayd etishadi: 18-a. da 68 ta, 19-a. da 205 ta, 20-a. da 237 ta Urush boʻlgan, ularda qurbon boʻlganlar soni 18-a. da 4,4, 19-a. da 8,3 va 20-a. da 100 mln. kishidan ortgan. Soʻnggi 5,5 ming yil mobaynida esa, jami 14,5 mingga yaqin katta va kichik Urush (shu jumladan, 2 ta jahon Urushi) boʻlgan, ularda 3,6 mlrd. dan ortiq kishi halok boʻlgan, epidemiyalar va ocharchilikdan ulgan. Hoz. sharoitda 1980-y. lar oxiridan «sovuq urush» tugaganligi munosabati bilan jahon yadro U. i xavfi kamaydi. Biroq lokal Urush deb atalgan Urushlar — diniy, hududiy va milliy janjallar, qabilaviy adovat va b. bilan bogʻliq harbiy nizolar davom etmokda. Jahon hamjamiyati davlatlar oʻrtasida kuch bilan xavf solish va kuch ishlatishni inkor etuvchi munosabatlar tizimini vujudga keltirishga intilib keladi. 1945-y. da BMT Ustaviga Urushdan xalqaro muammolarni hal etishning vositasi sifatida voz kechish prinsipi kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida Urushni targʻib qilganlik uchun javobgarlik belgilangan (150modda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x