SUD ORQALI HIMOYALANISH HUQUQI

SUD ORQALI HIMOYALANISH HUQUQI — fuqarolarning konstitutsiyaviy xuquqi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44moddasi har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini Sud orqali himoyalanish huquqi va davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xattiharakatlari ustidan sudga shikoyat kilish huquqini kafolatlaydi. Sud orqali himoyalanish huquqini amalga oshirish tartibi «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xattiharakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni va protsessual kodekslarda batafsil bayon qilingan. Oʻz huquqlari va erkinliklari buzilganligidan xabar topgan shaxs sudga murojaat qilishga hakdi. Murojaatni sud FPK da belgilangan fuqaroviy sudlov ishlarini yuritish qoidalari asosida koʻrib chiqadi. Konstitutsiyaviy sudning vakolatlariga kiritilgan, shuningdek, baʼzi bir masalalar boʻyicha Sud orqali himoyalanish huquqini amalga oshirish tartibi alohida qonun hujjatlarida belgilangan. Mac, jinoyat protsessi ishtirokchilari va b. manfaatdor shaxslar dastlabki tergovga oid masalalar boʻyicha faqat yuqori turuvchi dastlabki tergov idoralariga hamda prokurorga shikoyat berishi mumkin (JPK, 27modda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x