UR

UR (shumercha Urim) — qad. shahardavlat. Nosiriya sh. (Iroq)dan 20 km jan. gʻarbda, TelMuqayyar shahar xarobasi oʻrnida joylashgan. Ingliz olimlari D. Teylor (1854), R. KempbellTompson (1918), R. Xoll (191922) va ayniqsa, L. Vulli rahbarligidagi AngliyaAmerika ^», ekspeditsiyasi * (1922 — 34) tomo qishloq vujudga kelgani va u ubayd madaniyatita. mansubligini anikladi. Mil. av. 4-ming yillikda Uruk davrida Ur shahar sifatida shakllangan. Qazishmalar natijasida topilgan eng koʻp va qiziqarli yodgorliklar Urda I va III sulolalar qukmronligi davriga mansub (mil. av. 25 va 21-a. lar). Isulolaga mansub 16 ta maqbaraga (koʻpchiligi qad. da talontoroj qilingan) hukmronlar va ularga qurbonlik qilingan jangchilar, arfa chaluvchi ayollar, aravakashlar qoʻshib dafn qilingan. Bu topilmalar dafn marosimi haqida tasavvur qilish imkonini beradi. Shumer sanʼatining noyob namunalari; oltin dubulgʻa, oltin idishlar va arfalar, tinchlik va urush sahnalari aks ettirilgan mozaikali (bayroqtugʻ)lar shu davrga oid. Shsulola hukmronligi davriga mansub shaharning qalin mudofaa devori, saroy, ibodatxona devori qoldiklari chiqqan; ibodatxona markazida 3 qavatli zikkurat (bal. 42 m) va b. inshootlar joylashgan.

Mil. av. 25-a. da, Urning 1sulolasi davrida (Mesanepada, Aanepada xukmronligi va b.). U. kuchli davlat boʻlgan. Mil. av. 24—22-a. lar mobaynida (biroz tanaffuslar bn) qoʻshni shahardavlatlar Umma, Uruk, Akkad, gutiylarga karam boʻlgan. Mil. av. taxm. 21-a. da «Shumer va Akkad podsholigi» (U. ning Shsulolasi) poytaxtiga aylangan. Podsho UrNammu davrida (mil. av. 21-a.) Mesopotamiyadagi eng qad. huquqiy nizom yaratilgan. Urning ushbu davri tarixi uchun shoxlarning katta xoʻjaliklari, qullar, qarollar («gurush» va «gim») mavjudligi xos boʻlgan. Mutlaq podsho hokimiyatining mafkuraviy asoslari yaratilgan (maʼbudlarga sajda qilishning yagona tizimi «podsho hokimiyatining abadiyligi» va b.). Shsulolaning keyingi 4 podshosi (Shulgi, AmarSuen, ShiSuen, IbbiSuen) hayotliklari chogʻlarida ilohiylashtirilganlar. Urning Shsulolasi davrida shumer tilidagi madaniyat ravnaq topgan, biroq akkad tili ham tarqala boshlagan. Shsulola davlati mil. av. taxm. 2000-y. Elam va amoriylar bilan boʻlgan urush jarayonida qulagan. Ur Bobil (mil. av. 18—6-a. lar) va axamoniylar podsholiklari (mil. av. 6-a. dan) qoʻl ostida muhim savdohunarmandchilik markazi sifatida krlgan; mil. av. 4-a. oxiriga kelib Ur tanazzulga uchragan.

Ad..Tyumenev A. I., Gosudarstvennoye xozyaystvo drevnogo Shumera, M. L., 1956; Vulli L., Ur xaldeyev (per. s angl.) M., 1961.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x