UNXOʻRLAR

UNXOʻRLAR, unxoʻr qoʻngʻizlar — don, don mahsulotlari va b. oziq-ovqat zaxiralariga zarar yetkazuvchi yapaloqtanalilar oilasiga mansub qoʻngʻizlar. Eng xavflilari surinam unxoʻri va sargʻish unxurdir.

Surinam unxoʻri (Oryzaephilus surinamensis) qoʻngʻizi hamma joyda — omborlarda, tegirmonlarda, oziq-ovqat korxonalarida, turar joylarda, eski daraxtlar poʻstlogʻi ostida yashaydi. Tusi qizilqungʻir, uz. 3—3,5 mm, old jagʻlari yonlarida 5 tadan tishi bor. Lichinkasi ochsariq, uz. 4 mm, koʻkragida uch juft oyokdari bor. Qoʻngʻizlar un, yorma, ayniqsa, mogʻorlay boshlagan kepak kabi mahsulotlarni xush koʻradi, idishlarga va b. hasharotlar zararlagan joylarga tuxum qoʻyadi. 3—5 kun oʻtgach, ulardan lichinka chiqadi. Sargish unxoʻr (Laemophloeus testaceus) — sariqqoʻngʻir, uz. 1,5—2,5 mm, old yelkasi deyarli toʻrtburchak, moʻylovlari boʻyi uzunligida. Lichinkasi uz. 2,5 mm, oqsariq, boshi va orka tomoni sariq. Jan. mintakalarda kup uchraydi. 3—4 nayel beradi.

Kurash choralari: joylarni toza saklash, omborlar va un, don saqlanadigan xonalarni yiliga 2—3-marta benzofosfat, karbofos kabi kimyoviy preparatlar b-n dorilash (yana q. Ombor zararkunandalari).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x