UNSURIY

UNSURIY (taxallusi; asl ismsharifi Abdulqosim Hasan ibn Ahmad) (970, Balx — 1040, Gʻazna) — forstojik shoiri, qasidaguy, gʻazalnavis va dostonnavis. Xususiy muallimlar hamda Balx madrasasida tahsil koʻrgan, zamonaviy barcha ilmfanlarni egallagan. Dastlab amir Nasr Sabuktegin, keyin esa Sulton Mahmud saroyida xizmat qilgan, «malik ushshuaro» unvoniga sazovor bulgan. Davlatshoh Samarqandiy U. devoni 30 ming bayt sheʼrdan iboratligini yozib qoldirgan. Ammo bizga qadar shoirning muʼjazgina sheʼriy tuplami yetib kelgan. Bundan tashqari, Unsuriyning maxsus qasidalar devoni borligi haqida ham maʼlumot mavjud. Unsuriy Sharq adabiyotida vasfbahoriya hamda madh qasidalarining eng mumtoz namunalarini yaratgan sanʼatkordir.

Unsuriy xalq ogʻzaki ijodi asarlari hamda Sharqdagi anʼanaviy mavzu va timsollar asosida «Vomiq va Uzro», «Xingbut va Surxbut», «Shodbahr va Aynulhayot» singari dostonlar yozgan. Oxirgi ikki masnaviyni, Sulton Mahmud Gʻaznaviy iltimosiga kura, Beruniy arab tiliga tarjima qilgan.

Ad.: Bertels Ye. E., Istoriya persidskotadjikskoy literaturы, M., 1960.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x