UNDOV GAP

UNDOV GAP — soʻzlovchining ichki hisʼhayajonini, voqelikka boʻlgan turlicha emotsional munosabatlarini ifodalovchi ran. U. g. oʻziga xos tuzilishga va grammatik belgilarga ega. Undov gapda ohangning roli katta boʻlib, qanday mazmun ifodalanishiga qarab, ohang ham oʻzgarib turadi. Undov gap larda qayratlanish, taajjub, zavqlanish, orzuumid, achinish, qoʻrqish kabi emotsional mazmun ifodalanishi mumkin. Odatda, hisʼhayajon ifoda qilayotgan soʻz kuchli ohangga ega boʻladi. Mac, Eh, bu vodiy naqadar goʻzal! Bu kunlarga kim yetdiyu, kim yetmadi! (Oʻ. Hoshimov). U. g. larning tarkibida undov soʻzlar, yordamchi soʻzlar ishtirok etishi mumkin. Bunday gaplarda fikr kuchli hisʼhayajon bilan ifodalanganligi uchun baʼzi adabiyotlarda ular hisʼhayajon ran deb ham yuritiladi va koʻpincha ular oxiriga undov belgisi qoʻyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x