ULUGʻVORLIK

ULUGʻVORLIKestetika tushunchalaridan biri. Hajm va salmoqb-n bogʻliq boʻlgan narsahodisalarning bir qarashda ilgʻab olinmaydigan botiniy jihatlarini, ulkan qudrat va miqyosga ega voqelikning estetik koʻrinishini anglatadi. Ulugʻvorlik kundalik hayotda istisnoli voqelik sifatida namoyon boʻlib, odatiy voqea-hodisalardan oʻzining favquloddaligi bilan ajralib turadi. Ulugʻvorlik obyektiv va subyektiv asosga ega. Yulduzli osmon, vulqon, suv toshqini, ulkan dengiz toʻlqinlari kabi tabiatdagi narsa va hodisalar, fidoyilik, qahramonlik, buyuk tarixiy shaxslarning ijobiy faoliyati kabi jamiyatdagi voqeliklar Ulugʻvorlikning obyektiv asoslari hisoblanadi. Favqulodda yoki odatiy tasavvurlardan tashqaridagi voqea-hodisalarni estetik idrok etayotgan inson qalbining moyilligi Ulugʻvorlikning subyektiv asosi sanaladi; koʻpchilikni hayratga solgan voqelik baʼzilarni qayratga solmasligi va aksincha boʻlishi ham mumkin. Ulugʻvorlik oʻzining har tomonlama ijodiy ifodasini sanʼatda topadi, sanʼatning barcha tur, xil va koʻrinishlari uchun asosiy tasvir obyektlaridan biri boʻlib xizmat qiladi. Ulugʻvorlikning sanʼatda namoyon boʻlishi axloqiylik va ijtimoiylik bilan bogʻliq. Insoniyat va jamiyat taraqqiyotida roʻy beradigan muhim voqealar, ulkan tarixiy shaxslar faoliyati, qahramonliklari, fidoyiliklari kishilarda hayrat va ularga (taushd qilish tuygʻularini uygʻotadi. Sanʼatdagi Ulugʻvorlik badiiy mazmun va shakl vositasida ifodalanadi, bunda gʻoya hal qiluvchi rol oʻynaydi. Ulugʻvorlik meʼmorlikda alohida ahamiyat kasb etadi. Misr ehromlari, Samarqand, Buxoro, Xiva sh. laridagi meʼmorlik obidalari oʻzining salobati, ulugʻvorligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Ulugʻvorlik faqat miqyos bilan belgilanmaydi, undagi nafislik, atrof muhit bilan uzviy qoʻshilib ketganlik aloxida ahamiyatga ega. Ulugʻvorlik insonni olijanoblikka, yuksaklikka, buyuklikka undaydi, tabiat hodisalarini estetik anglash va baholash imkonini beradi, shaxe, jamiyat va millat estetik tarbiyasida muhim rol oʻynaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x