ULAN-BATOR

ULAN-BATOR, Ulaanbaatar (mongolcha — Qizil Botir) — shahar, Mongoliya poytaxti. BogdoOʻla togʻi etagida, Tola daryosi vodiysida, 1325 m balandlikda joylashgan. Iqlimi keskin kontinental, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —27°, iyulniki 18°. Yillik yogʻin 250 mm. Aholisi 691 ming kishi (1999). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Shaharga 1639-y. da asos solingan. Dastlab Moʻgʻulistonda koʻchmanchi qayot kechiruvchi lamaizm cherkovi boshliklarining qarorgohi — Orgoo (Urga) boʻlgan. 1706-y. dan Ixxuree (Buyuk ibodatxona), 1911-y. dan Niyslelxuree (Poytaxt ibodatxonasi) deb atalgan. 18-a. ning 2yarmidan Ixxuree manjur noibi qarorgohi va Tashki Mongoliyaning maʼmuriy markazi. Savdo yoʻlida joylashgan Ixxuree yirik savdo markaziga aylangan. 1911-y. dan Niyslelxuree — Tashki Mongoliya Muxtoriyatining eng yirik shahri. 1921-y. 6-iyulda Mongoliya Xalq Respublikasi poytaxti deb eʼlon qilingan. Ulan-Bator — transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik sanoat va madaniyat markazi. Yalpi sanoat mahsulotining 1/2 qismidan ortigʻi Ulan-Batorda ishlab chiqariladi. Yengil sanoat (jun yuvish, poʻstin tikish, koʻnteri va b. ishlab chiqarish) rivojlangan. Poligrafiya kti, qurilish materiallari i. ch., yogʻochsozlik va metallsozlik korxonalari, avtomobil taʼmirlash z-dlari, oziq-ovqat sanoati, issiklik elektr st-yalari mavjud. Mongoliya FA, unt, muzeylar, teatrlar bor. U. B. da zamonaviy reja asosida Hukumat uyi, turar joy binolari qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x