UFIMSEV Viktor Ivanovich

UFIMSEV Viktor Ivanovich (1899.21.11, Jan. Uraldagi Shadrinsk sh. yaqinida — 1964.31.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1944). Omskdagi rassomlik kursida oʻqigan (1917—19). 1933-y. dan Oʻzbekistonda. Hamza teatrida bosh rassom (1933—36), Oʻzbekiston rassomlar uyushmasining raisi (1940—45). Ufimsev, asosan, tarixiy janrda ijod qildi, dolzarb mavzularga hozirjavoblik bilan asarlar yaratdi, asarlarida Oʻrta Osiyo xalklari hayotini aks ettirdi: «Turksib» (1931), «Qahramonnoma» (1936), «Jangovar reja» (1940); «Toshkent harbiy shaxar» (1943) asarlar turkumi, «Yer va kelajak xaqida» (1957), «Buxoroyi Sharif» (1957), «Hayot guli» (1963), «Oldingi qatorda» (1964) va b. Natyurmortlar («Moviy ryumkali natyurmort», 1949; «Siren», 1950; «Dala gullari», 1952; «Moviy gullar», 1954 va b.), hajviy plakatlar va b. asarlar yaratgan, spektakllar («Mening doʻstim», 1934; «Nomus va muhabbat», 1936 va b.)ni badiiy bezagan. Xorijiy mamlakatlarda boʻlib, taassurotlari asosida kartinalar (mas, «Hindiston» turkumi va b.) yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x