UCHAR BAQALAR

UCHAR BAQALAR (Rhacophorus) dumsiz amfibiyalar urugʻi, kurak oyoqlilar oilasiga mansub. Uz. 6—10 sm, 18 turi Jan. va JanSharqiy Osiyo, Yaponiyada tarqalgan. Daraxtlarda yashaydi; barmoklari orasida pardasi bor. Barmoklarini keng yoyganida yuzasi 20 sm2 gacha yetadi. Uchar baqalar daraxtdan daraxtga yoki yerga 10— 12 m gacha sakrashi mumkin. Tanasi ochiq rangli, koʻpincha yashil tusda. Urgʻochisi, odatda, yirikroq boʻlib, koʻpayish davrida erkagi olib yuradi. Tuxumlarini suv ustidagi barglar orasiga qoʻyadi; ayrimlari qorin qismiga yopishtirib oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x