UELS

UELS, Uels (Wales) — Buyuk Britaniyannj maʼmuriysiyosiy qismi (tarixiygeografik hudud). Uels ya. o. va unga yondosh Anglsi o. da joylashgan. Mayd. 20,8 ming km2. Aholisi 3 mln. kishiga yaqin (2000). Eng katta shahri — Kardiff. Maʼmuriy jihatdan 8 graflikka boʻlingan. Tub aholisi — valliy (uels) lar.

Yer yuzasining koʻp qismi togʻlik. Eng baland joyi 1085 m. Iqlimi moʻtadil dengiz iqlimi. Oʻrmon, oʻtloq va yalangliklar bor. Toshkoʻmir, temir va polimetall rudalari konlari mavjud.

Uels xududida qadimda kimvrlarning kelt qabilalari yashagan. Anglosaks (5— 6-a. lar) va normand (Pa.)larning Britaniya o. larini bosib olishlari natijasida Uels hududidagi kelt qabilalaridan biri boʻlgan brittlarning bir qismi boshqa joylarga koʻchirilgan. 13a. oxirida Uels hududini Angliya egallab olgan (1536-y. gacha muxtor knyazlik). 1301-y. dan ingliz taxtining vorislari «Uels shahzodasi» unvoniga egadirlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x