Bolalarda pedikulyoz – sabablari, belgilari, davolash va oldini olish usullari

Bolalarda pedikulyozparazitar kasallik boʻlib, uni bosh bitlari keltirib chiqaradi. Pedikulyoz bolalarda boshning bit chaqqan joyida qichishish, toshma toshishi va koʻpincha ikkilamchi infeksiya aralashuvi bilan namoyon boʻladi. Kasallik diagnostikasida pediatr yoki bolalar dermatologi tomonidan, boshning sochli qismlarida, kiyimda va qov sohalarida bitlarni va ularning sirkasini aniqlash (Vud lampasi yordamida) asosida olib boriladi. Bolalarda pedikulyozni davolashda maxsus insektisid preparatlardan foydalaniladi.

bolalarda pedikulyoz

Bolalarda bitliqlik (pedikulyoz) – ektoparazitar infeksiya boʻlib, qon soʻruvchi hasharotlar (bitlar) keltirib chiqaradi va bu parazitlar bola tanasining sochli qismlarida hayot kechiradi. Inson uchun bitlarning 3 ta turi xavfli hisoblanadi: Pediculus humanus capitis (bosh biti), Pediculus humanus corporis (kiyim-kechak bit) va Pediculus pubis (qov biti). Har bir bit oʻzining parazitlik qilib hayot kechiradigan alohida sohasiga ega va ular oʻziga xos ravishda kasallik keltirib chiqaradi. Bosh biti – asosan yosh bolalarda uchraydi, qov biti – oʻrta yoshlar va oʻsmirlarda koʻp uchrasa, Kiyim-kechak biti esa – odatda keksa yoshdagi insonlarda, qoniqarsiz sanitariya sharoitida istiqomat qiluvchilarda kuzatiladi.

Bolalar va kattalar orasida pedikulyoz epidemiologik tarqalishi ijtimoiy muammolar keltirib chiqaradi, bu muammoning yechimi pediatriya, dermatologiya va venerologiya sohalarida oʻrganiladi.

Rasmiy statistikaga binoan eng koʻp pedikulyoz holati qayd etiladigan yosh 15 va 24 yosh oraligʻidagi bolalar (35 %), keyingi oʻrinda 14 yoshgacha boʻlgan bolalar (27 %) va kattalar 35 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan insonlar (16 %) lar hisoblanadi. Bosh biti koʻpincha bolalar uyida, maktab-internatlarida va bolalar bogʻchasida tarbiyalanuvchi bolalarda uchraydi.

Bolalarda pedikulyoz kelib chiqish sabablari

Pedikulyoz bilan faqatgina qoniqarsiz sanitar sharoitda istiqomat qiluvchi bolalar kasallanadi degan tushuncha mutlaqo xato fikr hisoblanadi. Bolalar orasida bitlash har 5 ta bolaning bittasida kelib chiqadi, ularning qanday sharoitda yashashidan qatʼiy nazar. Bitlarning tarqatuvchisi odam boʻlganligi sababli, uning tarqalishi juda oson, ayniqsa kasallangan bolalar bilan kontakda boʻlish ehtimoli yuqori boʻlgan joylar – bogʻcha, maktab, yozgi oromgohlar yoki boshqa bolalar guruh boʻlib toʻplanadigan joylarda bit yuqishi mumkin. Bitlagan boladan sogʻlom bolaga bitlar gigiyena vositalari orqali (sochiq, taroq, bosh kiyim), oʻyinlar vaqtida va boshqa holatlarda yuqadi. Bitliqlik kasalligiga koʻproq uzun sochlarga ega boʻlgan qizlar moyil boʻladi. Baʼzida pedikulyoz holati bolalar tarbiyalanadigan muassasalarda chaqmoq singari tez tarqalib ketishi mumkin, kasallik odatda yoz-kuz mavsumida keng tarqaladi.

Koʻkrak yoshidagi bolalarga bitning yuqish yoʻli

Koʻkrak yoshidagi bolalarga bit – katta yoshli pedikulyoz bilan zararlangan insonlar yotoq joyidan yoki yaqin masofadan kontaktda boʻlgan vaqtida (emizayotganda, qoʻlda koʻtarib yurganda va shu kabilar) yuqishi mumkin.

Bundan tashqari bolalarga pedikulyoz – sartaroshxonalarda asbob-anjomlar orqali (agar ular sanitariya normalariga rioya etmasa), jamoat transportida, suv havzalarida choʻmilgan vaqtda yuqish ehtimoli ham bor. Oʻsmirlarga qov biti jinsiy yoʻllar bilan yuqadigan boshqa infeksiyalar bilan birgalikda jinsiy aloqa qilish natijasida ham yuqishi mumkin, masalan JYBYK: gonoreya (soʻzak), sifilis (zahm), trixomoniaz, ureoplazmoz va boshqalar.

Pedikulyoz bilan zararlanishda xavf guruhidagi bolalar – immun tizimi kuchsiz boʻlgan, bolalar guruhli tarbiyalanadigan joylarda boʻluvchilar, qoniqarsiz sanitariya-gigiyena talablariga ega boʻlgan boshqa jamoat joylarida boʻladigan va jinsiy hayotga erta kirib borganlar kiradi.

Bit yangi xoʻjayinning kiyimlari yoki sochli qismlarga borib oʻzining tuxumlarini qoʻyadi (sirka), bu tuxumlar oʻzida maxsus yopishqoq modda hisobiga soch tolasiga mahkam yopishib oladi. 6-8 kun oʻtib tuxumdan lichinkalar chiqadi, 10 kun oʻtib ushbu lichinkalar yetiladi va tuxum qoʻyish qobiliyatiga ega boʻlgan bitga aylanadi. Bosh bitining hayot sikli 38 kun, kiyim-kechak bitniki 46 kun va qov bitiniki 17 kunni tashkil etadi. Har bir bit hayot sikli davomida 350-400 tagacha tuxum qoʻyishi mumkin. Bitlarning yashashi va rivojlanishi uchun qulay harorat – 25-27 oC hisoblanadi.

Bolalarda pedikulyoz belgilari

Bosh biti

Bosh biti bolalarda – tananing bosh sohasida kuchli qichishish (ayniqsa boshning tepa, chakka va quloq orqa sohalarida) bilan namoyon boʻladi. Doimiy qichishish natijasida bola bezovta boʻlib qoladi, uyqusi buziladi va qoʻzgʻaluvchanligi ortib ketadi. Qichishayotgan sohalarni tirnash boshning sochli qismlarida yaralar paydo boʻlishiga olib keladi, ikkilamchi infeksiya qoʻshiladigan boʻlsa – piodermiya, impetigoli ekzema va shu sohaga yaqin joylashgan limfa tugunlarining kattalashishiga sabab boʻladi. Pedikulyozning ogʻir koʻrinishlarida bolalar sochi – qotib qolgan yiring hisobiga yopishqoq boʻlib qoladi va oʻzidan badboʻy hid taratadi.

Bitning hayot faoliyati natijasida ajratib chiqaradigan mahsulotlari – soʻlak, najas va shu kabilar taʼsirida bolalar yuz, boʻyin sohalari terisida qichishish va toshmalar toshishi kelib chiqadi. Toshmalar papulla, eritematoz dogʻ, vezikula koʻrinishida boʻladi. Buning natijasida bolada surunkali dermatit shakllanishi ham mumkin.

Qov biti

Ushbu bit bolalarda – qov sohasida achishish va qichishish hissini chaqiradi va bu belgilar tunda kuchayadi. Qov sohasida uchrovchi bitning tishlashi yumaloq shakldagi koʻkish-kulrang tugunchalar (diametrik 3-10 mm.ni tashkil etadigan) paydo boʻlishiga sabab boʻladi va bu kabi tugunchalar tananing qorin va son terisida yuzaga chiqadi. Bunga sabab bit chaqqan joyda qondagi gemoglobin parchalanishi va parchalangan mahsulotlar oʻziga xos rangda boʻlishidir.

Kiyim-kechak biti bolalarda kam uchraydi. Uning oʻziga xosligi qichishuvchi papula va tanada qon tomirli dogʻlar paydo boʻlishidir. Kasallik uzoq davom etishi terining qalinlashuvi va giperpigmentatsiyasiga sabab boʻladi.

Pedikulyoz diagnostikasi

Bolalarda pedikulyoz ota-onalar, hamshira yoki pediatr tomonidan, umumiy bolalar guruh boʻlib toʻplanadigan maskanlarni tekshirilganda yoki poliklinikada, baʼzida sartaroshxonalarda ham aniqlanishi mumkin. Qov biti koʻpincha bolalar dermatologi yoki ginekologi tomonidan tashxislanadi.

Bolalarda pedikulyozning asosiy diagnostikasi – boshning sochli qismlarida yetilgan bitlarni yoki ularning sirkasini vizual koʻrishdan iborat. Sirkalarning soch qazgʻoqidan farqli jihati, sirkalar sochdan ajralamaydi, ularni ezganda “qirsillagan” tovush chiqarishidadir.

Bolalarda pedikulyozni aniqlashda Vud lampasidan ham foydalanish mumkin – tirik sirkalar flyuoressiyalanuvchi havorang yorishish beradi. Pedikulyoz bilan zararlangan bola aniqlanganda, albatta u bilan kontakda boʻlgan shaxslar ham tekshiruvdan oʻtishlari kerak.

Pedikulyoz differensial diagnostikasi – seboreyali dermatit, eshakemi, atopik dermatit, bolalar qichimasi, trixomikoz, birlamchi piodermiya, mikrobli ekzema, impetigo va psoriaz bilan olib boriladi.

Bolalarda pedikulyoz davosi

Pedikulyozning har qanday koʻrinishida bolalarda – bit va uning sirkalariga qarshi preparatlar qoʻllaniladi (ular asosini karbofos, permetrin tashkil etadi). Bu vositalar shampun, emulsiya, losyon, aerozol koʻrinishida, bitlardan butunlay qutulish uchun 1-2 marotaba qoʻllaniladi. Ular yordamida yotoq choyshablari, kiyimlarni tozalash va xonani dezinfeksiya qilish maqsadida foydalansa ham boʻladi.

Boshdagi sirkalarni koʻchirishning eng oson yoʻli – sochlarni sirka kislota eritmasini suvda suyultirgan holda yuvish, soʻngra sirkalarni qoʻl bilan terib tashlash yoki taroq bilan tozalab tashlash kerak boʻladi.

Piodermiya holatlarida zararlangan teri sohasi antibakterial mazlar bilan qayta ishlash tavsiya etiladi.

Bolalarda bitliqlik oqibati va profilaktikasi

Bolalarda pedikulyoz zamonaviy vositalar yordamida toʻgʻri davolansa, bit va ularning sirkasidan butunlay qutulishga olib keladi. Pedikulyoz qayta kelib chiqishiga sabab – zararlangan joylarda bola bilan kontakda boʻlishning toʻxtatilmasligi natijasida qayta yuqishi boʻlishi mumkin. Bolalarda pedikulyozni oʻz vaqtida davolash bakterial-infeksion asoratlarning oldi olinishini kafolatlaydi (sepsis, toshmali tif, teri infeksiyalari).

Bolalarda pedikulyoz profilaktikasida – sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirish, bolalarga gigiyena qoidalarini oʻrgatish, yotoq choyshablarini muntazam ravishda yuvib turish, bosh va tananing sochli qismlarim jinsiy aʼzolar sohalarini doimo yuvish va ozoda tutish kabilarni tashkil etadi.

Bogʻcha va maktablarda bolalarni pedikulyozni istisno qilish maqsadida tekshirib turish talab etiladi. Bit bilan zararlangan bolalar jamoat joylaridan alohidalanishlari zarur (davo muddati oʻtgunga qadar). Uyda va bolalar muassasalarida muntazam ravishda sanitariya chora tadbirlarini oʻtkazib turish zarur.

Mavzuga aloqador maqola: Bolalarda asakridoz – sabablari, belgilari, asoratlari, tashxislash va davolash usullari


Bolangizni parvarishlashda ishonchli va foydali maʼlumotlar zarurmi? Marhamat, “Lalu — Onalar maktabi” mobil ilovasini hoziroq bepul yuklab oling.

Ilova orqali chaqaloq va bola rivojlanish kalendari, farzandingizni toʻgʻri parvarishlash boʻyicha koʻrsatmalar, bolalarda koʻp kuzatiladigan kasalliklar haqida maʼlumotlar olishingiz, emlash taqvimi va vazn/uzunlik kabi koʻrsatkichlarini nazorat qilib borishingiz mumkin.

Hoziroq bepul yuklab oling

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x