UCHAR BALIQLAR

UCHAR BALIQLAR (Exocoetidae) sargansimonlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Uz. 15—50 sm. Jagʻlari qiskd, koʻkrak va ayrimlarida qorin suzgichlari uzun. 7 urugʻi, 60 dan ortiq turi tropik va subtropik dengizlarda Tapkalgan. Baʼzan toʻda hosil qiladi. Suv ustida uchish xususiyatiga ega (nomi shundan). Xavf sezganda suvdan 10 m gacha balandlikda 200 m, baʼzan 400 m masofaga uchib boradi. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining tropik xamda subtropik qismida yashaydi. Yapon uchar baligʻi, oddiy uzunqanot kabi turlari bor. Planktonxoʻr. Uvildiriklarini suvoʻtlar yoki boshqa narsalarga yopishtirib qoʻyadi. 1—24 ming uvildiriq tashlaydi. Ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x