TUYACHILIK

TUYACHILIK — chorvachshshkning tuyalarni koʻpaytirish va ulardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi tarmogʻi; tuyalar biologiyasi, seleksiyasi, zootexnikasi, xoʻjalik ahamiyatini oʻrganadigan fan. T. xoʻjaliklari choʻl, chala choʻl va quruq dasht mintaqalarida joylashgan. Issiq iklimga moslashgan dromedar (bir oʻrkachli) tuyalar Oʻzbekistonning jan. mintaqalari, Turkmaniston, Tojikiston, Afgʻoniston, Hindiston, Eron, Turkiya va Afrika mamlakatlarida, sovuqqa chidamli baktrian (ikki oʻrkachli) tuyalar Oʻzbekistonning shim. qismida, Qozogʻiston va Qirgʻiziston, Rossiyaning Astraxon viloyati, Qalmiq choʻllarida, Tuva, Oltoy oʻlkasida, Mongoliya, Xitoyning gʻarbiy mintaqalarida yetishtiriladi va ulardan foydalaniladi.

Yevropa mamlakatlaridan Ispaniyada ham tuyalar bor. Ularni 8-a. da mavrlar Afrikadan olib oʻtgan. 1886-y. da tuyalar Avstraliyaga ham keltirilgan, quruq dasht iqlimi, shoʻrxok choʻllari tufayli tuyalar bu yerda yashab ketgan.

20-a. ning 30—40-y. larida Toshkent yilqichilik, tuyachilik, xachirchilik va b. yukchi hayvonlar tajriba styasida tuya resurslarini oʻrganish, Tuyachilikda naslchilik ishlarini tashkil etish, ularni asrash, parvarish qilish, ulardan sifatli mahsulotlar olish kabi mavzular boʻyicha tadqiqot ishlari olib borildi (prof. lar V. A. Shchekin, I. I. Lakoza). Hoz. paytda Tuyachilik sohasi boʻyicha ilmiyamaliy ishlar respublika chorvachilik va qorakoʻlchilik i. t. intlarida olib boriladi. Oliy va oʻrta maxsus qishloq xoʻjaligi. oʻquv yurtlarida Tuyachilik mustaqil fan sifatida oʻqitiladi.

Abdusattor Amirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x