TUSHPA

TUSHPAVan koʻli (Turkiya) sharqiy sohilida joylashgan qad. shahar, Urartu davlati poytaxti (mil. av. 9—6a. lar). Tushpaning qalʼa qismi baland qoya ustiga qurilgan. Podsho Menua davrida (mil. av. 9-a. oxiri) togʻ buloklaridan shaharga kanal oʻtkazilgan. 1916-y. I. A. Orbeli qoyatoshning jan. yon bagʻridan podsho Sarduri II (mil. av. 8-a. oʻrtasi) yilnomasi bitilgan katta ustun (stela) ni topgan. Tushpa ossuriy yozma manbalarida bir necha marta qayd etib oʻtilgan. Mil. av. 735-y. ossuriyaliklar shaharni vayron qilishgan boʻlsada, qalʼani egallay olishmagan. Mil. av. 7-a. da podshoh qarorgohi Tushpa tarkibiga kiruvchi Tuproqqalʼaga koʻchirilgan. Qalʼa mil. av. 6-a. boshida midiyaliklar tomonidan vayron etilgan, lekin Axomaniylar davrida qalʼada hayot davom etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x