TUGʻMA TABIIY METALLAR

TUGʻMA TABIIY METALLAR — rudali va sochma konlarda uchraydigan tabiiy yaxlit tugma metallar (oltin, kumush, platina va b.); odatda, ularning oʻlchami bu metall zarralarining aksari qismini tashkil qilgan massasini oʻlchamidan keskin farq qiladi. Tugʻma tabiiy metallar kam uchraydi va massasi, odatda, 1 g dan ortiq boʻladi. Eng yirik tugma oltin Avstraliyada topilgan: «Xolterman plitasi» — uning ogʻirligi kvars bilan birgalikda 285 kg boʻlib, unda sof oltin massasi 83,3 kg va «Kutilgan notanish» — ogʻirligi kvars bilan birgalikda 70,9 kg, sof oltin — 69,6 kg. Yirik sof tugʻma platina Uraldagi dunitlarda (0,427 kg) va sochmalarda (9,639 kg) topilgan. Sochmalarda Tugʻma tabiiy metallarning koʻp qismi ruda hosil boʻlish jarayenida gidrotermal eritmalarda hosil boʻlgan deb hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x