TURSUNQULOV

TURSUNQULOV Hamroqul (1892, hoz. Fargʻona tumani Vodil qishlogʻi — 1965.9.8, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Shoʻralisoy qishlogʻi; Toshkent sh. da Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan) — qishloq xoʻjaligi. ishlab chiqarishi tashkilotchisi. 3-marta Mehnat Qaxramoni (1948, 1951, 1957). Fargʻona viloyati Chimyon volost ijroiya qoʻmitasi raisi (1922—23), Chimyon rn «Qoʻshchi» uyushmasi raisi (1925), Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida «Birlik» va «Mehnat» qishloq xoʻjaligi. artellarini tuzgan (1929). Tojikistonda davlat xoʻjaligi direktori (1930—35). 1935-y. dan to umrining oxirigacha Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi «Sharq yudduzi» kzi (hoz. H. Tursunqulov nomidagi shirkat xoʻjaligi) raisi boʻlgan. Tursunqulov rahbarligida kz respublikada ilgʻor xoʻjaliklar qatoriga koʻtarilib, dehqonchilik va chorvachilikda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan. Shoʻralisoy qishlogʻida Tursunqulov muzeyi bor. Fargʻona viloyati Fargona tumanida shirkat xoʻjaligi, Toshkent sh. dagi koʻchalardan biri Tursunqulov nomiga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x