TURSUNBOYEV

TURSUNBOYEV Abdumutal (1856 — Toshkent—1930) — yogʻoch oʻymakori, duradgor. Hunarni usta Toshpoʻlat Ayyubxoʻjayevsgsh oʻrgangan, ayniqsa, napgari naqsh usulini puxta egallagan. 19-a. oxirlaridan Toshkentda ochilgan mebel ustaxonalarida ishlagan rus ustalari taʼsirida mebellarni boʻrtma tasviolar va kadama (inkrustatsiya) usulida sadaf, suyaklar bilan bezab, shkaf va jovon ustasi sifatida tanilgan, milliy yogʻoch oʻymakorligini yangi usul bilan boyitgan. Tursunboyev tayyorlagan va bezagan buyumlar koʻpgina koʻrgazmalar (jumladan, Moskvada uyushtirilgan 1Butun Rossiya Q. x. va sanoati koʻrgazmasi va b.)da namoyish etilgan, yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan. Tursunboyevning ishlaridan namunalar respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylarida saklanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x