Turkiston bozori

Temirxon MADADBEK

 

1945 yil Janubiy Qozogʻistonning Turkiston tumanida tugʻilgan. Shoir, tarjimon, noshir, muharrir. “Julduz” adabiy jurnalining bosh muharriri boʻlgan. Koʻplab sheʼriy toʻplamlar, tanqidiy asarlar, tadqiqotlar muallifi. Qozogʻiston Davlat mukofoti laureati (2000).


 

Kun chiqmasdan yangratadi soz, oʻyin,

Kun chiqmasdan qaynatadi qozonin.

 

Kun chiqmasdan toʻylatadi azonin,

Turkistonning bozorin ayt, bozorin!

 

Oralab koʻr, orala zavq olgani,

Ne izlasang – topiladi, bor hali.

Dumalanib yotar qovun-tarvuzlar,

Tamshantirar oʻrik, gilos, shaftoli.

 

Soʻrilarda munchoq kabi tizmagi,

Kulimsirar kun nurida uzum ham.

Bitta-bitta uzib yesa oʻzbagim,

Qozoq yeydi bir yeganda yuzin ham.

 

Choʻllasangiz koʻk choy turibdi tayyor,

Choyxonaga keling, sizda ixtiyor.

Manov yurgan yangam xoʻp semiribdi,

Belida naq besh chaqirim mato bor.

 

Nosvoyidan qoqib, tashlab bir otim,

Nor chavandoz yetaklaydi gʻirotin.

Qora qoshin oʻynatib bir kelinchak,

Shopiradi qimiz bilan shubatin1.

 

Bir toʻp yigit birin-biri sudraydi,

Qora koʻzlar qora koʻzni imlaydi.

Oq qalpoqli Beysemboylar ang solib2,

Olachopon Toshmat qoʻshiq kuylaydi.

 

Qara, qara manov turgan suluvga,

Qora koʻzi olov boʻlib yonuvda.

Olma-yoq qoʻy olmasi-yu yongʻogʻin,

Bozorlamas odam faqat oluvga.

 

Koʻr ona-yer neʼmatlarin, ozigʻin,

Olma-yoq qoʻy, tomosha qil qizigʻin.

Qalbga qoʻnar quchoq-quchoq sogʻinchlar,

Shopirasan quvonchning sof qimizin.

 

 

Muzaffar AHMAD tarjimasi

 

“Jahon adabiyoti” jurnali, 2013–10

 


[1] Quruq – otni boʻysundirish uchun boʻyniga tashlanadigan arqon, chilvir.

https://saviya.uz/ijod/nazm/turkiston-bozori/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x