TURKAN OGʻO MAQBARASI

TURKAN OGʻO MAQBARASI, Sho dimulk ogʻo maqbarasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1372). Shohizinda ansambli tarkibida. Amir Temurning opasi Turkan ogʻo vafot etgan qizi Shodimulk ogʻo (1370—71)ga atab qurdirgan. 1383-y. da Turkan ogʻoning oʻzi ham qizi yoniga dafn etilgan. Maqbara (8,65×9,85 m) bir xonali, gumbazi qobirgʻali, tashqi tomonlari bezaksiz. Peshtogʻi va ichki tomoni sirkori gʻishtchalar, oʻymakor sirli parchin bezaklari feruza rangda nafis bezatilgan. Ichkarisidagi izora va namoyonlari, gumbazi serhasham bezaklarga boy. Shipi 8 boʻlakka boʻlinib, 8 qirrali yulduzchalar ichi naqshlar bilan toʻldirilgan va har biriga alohida turunj ishlangan. Mukarnaslar yuzasi va peshtoq ustunida samarqandlik Shamsiddin, Badriddin va buxorolik Zayniddin ustalarning nomlari yozilgan. Maqbara 1954-y. da ilmiy oʻrganilib, taʼmirlash ishlari olib borilgan. Maqbarada 14— 15-a. lardagi xalq ustalarining meʼmorlik va naqqoshlikda erishgan yutuklari yuksak mahorat ila aks etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x