SALDO

SALDO (ital. saldo — hisobkitob; qoldik,) — 1) buxgalteriya hisobida muayyan davr uchun pul tushumlari va xarajatlar oʻrtasidagi ayirma. Buxgalteriya hisobida qoʻllaniladigan hisobvaraqlarda Saldo har oyning birinchi sanasidagi holat boʻyicha aniklanadi. Jami summalar farqi debet va kredit, aktiv va passiv boʻyicha hisoblanadi. Saldo mazmuni hisobvaraq mazmuniga bogʻliq, mas, kassa qisobi Saldosi — korxona kassasidagi naqd pullar qoldigʻi; savdo balansi Saldosi — mamlakat eksporti va importi qiymatlari oʻrtasidagi farq; mamlakat toʻlov balansi S. si — chet elga berilgan toʻlovlar bilan chet eldan mablag tushumlari oʻrtasidagi farq. Tushumlarning xarajatlardan ortiq boʻlishi ijobiy, aksincha boʻlsa, salbiy Saldo hisoblanadi;

2) birja operatsiyalarida mijozning brokerlik firmasidan yoki brokerlik firmasining mijozdan qarzi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x