TUR

TUR (Avestoda Thura) — qad. eroniylarning peshdodiylar sulolasidan boʻlgan shohi Faridun (Traetaona) ning oʻgʻli. Avestoda Oʻrta Osiyoning qad. xalqlari — turlar (turonliklar) qayd etilgan (q. Turon). Firdavsiyning «Shoxnoma» asariga koʻra, Tur turkiy xalqlar bobokaloni, akasi Salm (Silm, Selm) esa somiy xalkdar bobokaloni hisoblangan. Faridun dunyoning taqsimlanishi xaqidagi fors anʼanalariga koʻra, oʻz saltanatini oʻgʻillari Tur, Salm va Eroj oʻrtasida taqsimlagan. Katta oʻgʻil Salm — boylik, oʻrtanchasi Tur — harbiy shonshavkat, kichik oʻgʻli Eroj — qonun va dinni soʻragan. Ularning iltimoslariga kura, podsho otalari Salmga Rum yerlarini, Turga Turkiston va choʻlu biyobonni, kenja oʻgʻli Erojga esa Eron taxtini va akalari ustidan oliy hokimiyatni topshirgan. «Shogʻnoma»da bu anʼana boshqacha variantda saqlangan. Faridun oʻz oʻgʻillarini sinamoqchi boʻladi va ajdarhoga aylanib ularning yoʻlini toʻsadi. Salm qochib qoladi, Tur kurashga bel bogʻlaydi, Eroj esa oʻzining akl zakovati, oliyjanobligi bilan ajdarhoni tinchlantiradi. TUR, ibtidoiy buqa (Bos primigenius) — qirilib ketgan yovvoyi buqa. Bir necha kenja turlari boʻlgan. Boʻyi (yagʻrinidan) 2 m cha, vazni 800 kg gacha. Toʻrtlamchi davrda Sharqiy yarim sharning deyarli hamma joylarida (Avstraliyadan tashqari), Yevropada esa 17-a. gacha (Polshada) yashagan. Asosan, oʻrmondasht zonasida tarqalgan. Tur — xonaki qoramollarning ajdodi. Tanlash, duragaylash va b. metodlarning qoʻllanishi natijasida dastlabki Turdan har xil qoramol zotlari yaratilgan. Kavkazdagi yovvoyi echkining bir turi ham Tur deyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x