SALMONXOʻJA SAMARQANDIY

SALMONXOʻJA SAMARQANDIY (19-a.) — tarixchi olim. Samarqand qozikaloni Abdulxay xonadonida tugʻilgan. Samarqand va Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. Buxoro amiri Muzaffarttt farmoni bilan «Tafsil va bayoni davlati jamoa Mangʻit azzamoni Rahimxon» («Rahimxon davridan boshlab Mangʻitlar davlatining tafsili va bayoni») asarini yozib, unda mangʻitlar sulolasi tarixi Muhammad Rahim davridan boshlab to podsho Rossiyasi bosqini — 1868-y. gacha muxtasar bayon qilingan. Asarning qoʻlyozma nusxasi SanktPeterburgdagi Sharqshunoslik in-ti fondida saqlanadi.

Ad.: Abdullayev I., Hikmatullayev H., Samarqandlik olimlar, T., 1969.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x